Germaniyada miya saratoniga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazildi
Germaniyada bosh miya saratoni – gliomaga qarshi vaksina klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tkazildi. U gliomadan aziyat chekuvchi 32 kishida sinaldi.
Medical press nashrining xabar berishicha, dori vositasi trikarbon kislotalarni hosil qiluvchi IDH1 oqsilining o‘zgartirilgan qismidan yaratilgan.
Genda IDH1’ni to‘suvchi mutatsiya yuz beradi. Bunday og‘ishlar gliomaga chalingan 75 foiz bemorda aniqlangan. Aynan shu mutatsiya bosh miyada saraton hujayralarining rivojlanishini keltirib chiqaradi.
«Immun tizim mutatsiyaga uchragan IDH1 oqsilini yot unsur sifatida qabul qilib, unga qarshi T-xelperlarning javobini faollashtiradi», – deb tushuntirishgan mutaxassislar.
Ta'kidlab o‘tish joiz, ushbu vaksina bir necha yil avval ishlab chiqilgan. Dastlab u tajriba kalamushlarida sinovdan o‘tkazilgan. Bunda vaksinaning mutatsiya yuz beruvchi saraton hujayralari ko‘payishini to‘xtata olishi isbotlangan. Endi esa u gliomaga chalingan 32 kishida sinovdan o‘tkazildi.
Sinov ishtirokchilari 8ta emlashdan iborat to‘liq kursdan o‘tishgan. Ta'kidlanishicha, vaksinaning og‘ir ikkilamchi ta'sirlari kuzatilmagan, biroq ba'zi kasallarda o‘simta kattalashishi qayd etilgan.
«Kasallarda faollashgan immun hujayralar o‘simta to‘qimasiga kirib, unda faol ishlagan. Emlashda immun javob paydo bo‘lgan 82 foiz bemorda o‘simta 3 yil davomida kattalashmagan», – deb ta'kidlashmoqda olimlar.
Ayni vaqtda vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan. Sinovlar davom ettiriladi. Vaksinani immunoterapiya vositalari bilan birga qo‘llash mo‘ljallanmoqda.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi
Sport | 01:45
-
Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi
Jahon | 00:36
-
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
Fan-texnika | 00:12
-
AQSh Yevropaga modifikatsiya qilingan yadroviy aviabombalarini joylashtirdi
Jahon | 23:30 / 19.01.2025
Mavzuga oid
14:58 / 18.01.2025
Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi
11:24 / 13.01.2025
Sun’iy idrok ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan yaxshiroq aniqlay oldi
00:35 / 04.01.2025
Olimlar jigarni yog‘ bosishi saratonga olib kelishini aniqladi
16:31 / 16.12.2024