Fermerlar va klasterlar oldidagi tanlov imkoniyati oşişi albatta yaxşi, ammo töğri va sifatli mahsulotni tanlaş mutaxassis bölişni yoxud malakali mutaxassis maslahatini olişni taqozo etadi. Aks holda, natija kutilganidek bölmasligi ehtimoldan xoli emas.

Agrokimyo sohasida faoliyat yuruvçi Kimyo.uz korxonasi ta'sisçisi va rahbari Murod Majidov hamda uşbu korxona boş texnologi Asilbek Muzaffarov Kun.uz'ga bergan intervyusida sohaga doir dolzarb masalalar haqida söz yuritdi.

«Öğitlardan notöğri foydalaniş – ilmsizlik oqibati»

Murod Majidov:

— Bugungi kunda ösimliklarni kimyoviy öğitlar bilan parvarişlaşga nisbatan salbiy qaraşlar paydo bölgan. Masalan, bozorga borib, tarvuzni kessangiz, örtasi oppoq bölib çiqadi, odamlar esa buni köp selitra işlatyapti deb qabul qilişadi. Lekin bu öğitlar ham ösimlikka kerak, muammo şundaki, har doim ham öğitlardan töğri foydalanilavermaydi.

Öğit miqdori köpaytirib yuborilişi yoki boşqa holatlarning sababi – ilmsizlik. Şuning uçun korxonamiz şiori: «Ilmni hayotga tatbiq qilamiz».

Bugungi kundagi eng dolzarb masala – ilm yutuqlaridan töğri foydalaniş. Ilmga asoslanmagan faoliyat uzoqqa bormaydi.

Bir döstimiz aytib qoldi. Çet eldan Özbekistonga mehmon kelgan ekan. Qayerga qarasaki, dorixonalar juda köp. Şunda döstimiz unga «Dorixona» sözi bu brend nomi emas, farmatsevtika mahsulotlari sotiladigan joy ekanini tuşuntirgan. Haligi odam dorixonalar bunçalik köpligidan hayron bölgan.

Haqiqatan ham, Özbekistonda dorixonalar – 650-700 mln dollarlik juda katta bozor. Lekin aholimiz şunçalik kasalmandmiki, şunça köp dori içadi? Bunga yeçim esa ilmni töğri tatbiq qiliş. Ya'ni bizdan keyingi avlodlarga soğlom yer, soğlom iqlim, soğlom muhitni qoldirişimiz kerak.

Şundagina farzandlarimiz farovon hayot keçiradi, dorixonaga yugurmay, topgan pulini öqişga, ilmga işlatişiga şaroit böladi.

Bu biznesni boşlaşda foydani birinçi öringa qöymaganmiz. Asosiysi – qadriyatimiz. Qişloq xöjaligi ekinlarini öğitlaşdagi muammolarni körib, ularga yeçim topamiz, deya jamoa tuzganmiz. Olimlarning ilmiy yutuqlarini örganib, ularni amalga tatbiq etiş maqsadida faoliyat boşlaganmiz. Undan keladigan daromad esa keyingi masala.