10:57 / 01.04.2021
2147

Samarqandda elektr energiyasi bo‘yicha iste'molchi zarariga qilingan hisob-kitoblar aniqlandi

Joriy yilning mart oyida Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida faoliyat yurituvchi “Bekmurod Baraka Zamini” xususiy korxonasi, Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi “Madina Zar Nur” MChJ va “Samavtosozlash” MChJ murojaatlariga asosan tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas'ul xodimlari tomonidan 2020 yil yil davomida ularning hisob kartalariga iste'mol qilingan elektr energiyasidan tashqari kiritilgan hisob-kitoblar amaldagi qoida hamda nizom talablari asosida rioya etilgan holatda bajarilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

“O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganish natijasida, “Bekmurod Baraka Zamini” xususiy korxonasiga tegishli quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punktida aktiv va reaktiv energiyaning texnologik yo‘qolishlari, iste'molchi tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish ishlari yetarli darajada bajarilmagani uchun quvvat koeffitsiyentining pasayishi oqibatida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qolishlarini hisoblashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Ushbu kamchilik ortidan iste'molchining hisob kartasiga jami 24 709 kVt*soat aktiv energiya bo‘yicha 11 119 050 so‘m ortiqcha to‘lovlar kiritilgani aniqlandi.

Bundan tashqari, “Madina Zar Nur” MChJga tegishli quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punktida ham shu kabi holat kuzatilgan. Ushbu kamchilik ortidan iste'molchining hisob kartasiga jami 13 719 kVt*soat aktiv energiya bo‘yicha 6 173 550 so‘m, “Samavtosozlash” MChJga tegishli quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktida esa aniqlangan kamchilik ortidan iste'molchining hisob kartasiga jami 13 644 kVt*soat aktiv energiya bo‘yicha 6 139 800 so‘m ortiqcha to‘lovlar kiritilganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Samarqand HETK” AJ rahbariyatiga berilgan ko‘rsatmaga asosan mazkur holatlar yuzasidan iste'molchilar murojaati qanoatlantirildi.

Mavzuga oid
Top