Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun respublika bo‘yicha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Foto: KUN.UZ
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026