Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:44 / 03.04.2021
33046
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat organlarida mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etiladi
Prezident “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, davlat organlarida mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy qilinadi.
Xususan, prezident qaroriga ko‘ra, Moliya vazirligi 2021 yil 15 mayga qadar:
- vazirlik, idoralar va boshqa budjet tashkilotlari shtat jadvallarini qaror bilan belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga va yordamchi xodimlar sonining belgilangan me'yorlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, xodimlarning o‘z kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini ta'minlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lashning yagona tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini kiritadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:37 / 25.12.2025
1 yanvardan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi
08:51 / 11.11.2025
"Proyekt": RFda yuqori darajadagi davlat xizmatchilarining 76 foizi hokimiyatda qarindoshlarga ega
17:45 / 16.06.2025
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
18:02 / 16.09.2024