Qonunchilikka ko‘ra, “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish va raqamli boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan.

Dasturning asosiy vazifalari sifatida, jumladan:

  • davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;
  • ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish belgilangan.

Shuningdek, dastur doirasida tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish hamda davlat boshqaruvida raqamli muloqotni to‘liq yo‘lga qo‘yishga qaratilgan yo‘nalishlar ham nazarda tutilgan.

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi davlat xizmatlarini raqamlashtirish va jarayonlarni soddalashtirish orqali fuqarolar hamda biznes uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, shaffoflikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.