O‘zbekistonda ilk bor rahbarlikka tayyorlaydigan qo‘shma ta’lim dasturi ish boshladi
Dastur to‘rt oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar 6 hafta davomida ish joyidan ajralgan holda akademiyada auditoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, 8 hafta o‘z ish joylarida mustaqil ta’lim oladi.

Foto: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi, deb xabar beradi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
Qayd etilishicha, loyiha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda ilk bor xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilayotgan «Hokimlikka tayyorlash maktabi» qo‘shma ta’lim dasturi eng avvalo zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning zaxirasini yaratishni maqsad qilib olgan.
Bunda, tinglovchilarda mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yo‘naltirilgan, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid mavzularga ustuvorlik beriladi.
Dastur to‘rt oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar 6 hafta davomida ish joyidan ajralgan holda akademiyada auditoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, 8 hafta o‘z ish joylarida mustaqil ta’lim oladi, vazirliklarda va hokimliklarda stajirovka o‘taydi. Shuningdek, attestatsiya natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 20 nafar tinglovchi 9 kun Germaniyada o‘quv stajirovkasini o‘taydi.
Ta’lim dasturi davomida har bir tinglovchi o‘z tumani (shahri)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha loyihasini ishlab chiqadi. Tinglovchilarning loyiha ishlariga akademiya professor-o‘qituvchilari va mahalliy ekspertlar rahbarlik qilib boradi.
Ta’kidlanishicha, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan dastur ishtirokchilari sifatida bugungi kunda tuman (shahar) hokimlari lavozimiga zaxiraga olingan kadrlar orasidan ularning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) muvofiq, 56 nafar nomzod tanlab olingani.
«Mazkur dasturda ishtirok etish boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha professional kompetensiyalarini oshirishga, shuningdek, ularning ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishishlari uchun keng imkoniyat yaratadi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
Jahon | 19:41
-
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025