Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona tumanilik fuqaro xonadonida 355 dona telefonni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi
Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro xonadonida umumiy qiymati 60 million so‘mlik 355 dona telefonni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Farg‘ona tumanining chegaraoldi hududida yashovchi fuqaro X.M.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 60 million so‘mlik 355 dona uyali aloqa vositasi noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
08:24 / 04.06.2026