Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YPX xodimiga tosh bilan hujum qilishga uringan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
IIV YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda "GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass" sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani bo‘yicha ma'lumot bergan edi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar kecha, 2 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Fuqaro A.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 mart kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi A.Abdurahimov 4R6 "Toshkent-Chimyon" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "DAF TE 105 XF" rusumli yuk avtomobilini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangani uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan.
O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganidan g‘azablanib, yerdan qo‘liga qattiq jism olib, u bilan urish niyatida inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.
Mavzuga oid
12:07
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
08:22
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026