Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va'da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, prokuratura organlariga ishga olib kirishni va'da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma'lumotga ko‘ra, «Nosir» ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali fuqaro A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirishini aytib, evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan.
U ushbu pullar hisobidan 5 ming dollarini oldindan berish kerakligini aytgan.
A.E.ning tanishi I.E. ushbu holat yuzasidan prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
4 aprel kuni murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanidagi «Denov» choyxonasida I.E.dan 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun 27 500 dollar, DXXga ishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar, qamoqxonaga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2000 dollar so‘ragan shaxslar ushlangan edi.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026