21:52 / 04.04.2021
9304

Eron tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Toshkentga yetib keldi.

Telegramdagi @Tashkent_SkyNews kanalining ma'lum qilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Eron hukumatiga tegishli samolyot kelib qo‘ngan. Bortida Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiyani olib kelgan ushbu havo layneri Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportidan parvoz qilgan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya 5 aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid
Top