Eronlik general Qosim Sulaymoniy amerikalik harbiylar tomonidan öldirilganidan keyin AQŞ va Eron uruşga juda yaqin turgandi. Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif NBC News’ga intervyuda aytib ötdi.

«Biz uruşga juda yaqin edik», - dedi Zarif. Uning ta'kidlaşiça, Sulaymoniy öldirilganidan keyin ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar hamon tarangligiça qolmoqda. Şuningdek, Eron TIV rahbari AQŞ prezidenti Donald Trampni Eronga nisbatan notöğri siyosat yuritişda aybladi.

Eron taşqi siyosat idorasi rahbarining sözlariga köra, inqiroz avjiga çiqqan vaqtda Tehron AQŞ Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeodan Eronga nisbatan tahdidlarni öz içiga olgan «juda noörin» xabar oldi. Zarif uşbu xabardan iqtiboslar keltirişdan boş tortib, bu AQŞ davlat kotibining vijdoniga havola ekanini aytdi. «Uning özi bu maktubda nima haqida söz yuritilganini aytib bersin», - deya ma'lum qildi u.

Zarifning sözlariga köra, Eronning javobi ham qattiq körinişga ega böldi, ammo «Pompeoning xati kabi qöpol çiqmadi».

Amerika harbiy xizmatçilari joylaşgan Iroqdagi bazaga raketa zarbasiga izoh berib, Zarif öşa payt Tehronda «kimnidir öldiriş» vazifasi bölmaganini bildirdi. «Bizning maqsadimiz AQŞga, agar ular Eron fuqarolarini öldirişda davom etsa, biz javob zarbasi berişimizni körsatib qöyiş edi».

Eron taşqi siyosatidagi boş strategi, Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bölinmasi «Al-Quds» qömondoni, amalda Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinçi odam sanalgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bağdoddagi aeroport hududida amerikalik harbiylarning dron orqali bergan raketa zarbalari oqibatida halok böldi.

AQŞning harakatlariga javoban Eron amerikalik harbiylar joylaşgan Iroqdagi bazalarga hujum qildi. Pentagon ma'lumotlariga köra, natijada 109 kişi turli tan jarohatlari oldi.