Eron Taşqi işlar vaziri Javod Zarif agar AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron madaniy merosiga qilingan tahdidi haqiqatga aylansa, bu harbiy jinoyat bölişini ta'kidladi.
«Madaniy obektlarga hujum qiliş - bu harbiy jinoyatdir», deya yozgan u öz tvitterida.
-Having committed grave breaches of int'l law in Friday's cowardly assassinations, @realdonaldtrump threatens to commit again new breaches of JUS COGENS;
— Javad Zarif (@JZarif) January 5, 2020
-Targeting cultural sites is a WAR CRIME;
-Whether kicking or screaming, end of US malign presence in West Asia has begun.
Uning sözlariga köra, «harçand qiçqirişmasin, AQŞning Ğarbiy Osiyodagi kuni bitmoqda».
Eron TIV Trampning tahdidi AQŞning Tehrondagi manfaatlarini ifodalovçi Şveytsariyadagi vakilini çaqirtirgan va şikoyat notasi bergan.
«Eron Taşqi işlar vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Abbos Arakçi xalqaro huquq va normalarni buzuvçi tahdid yuzasidan hal qiluvçi protest bildirdi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, Eron TIV Tehron mamlakat xavfsizligi uçun har qanday çoraga tayyorligini bildirgan.
Bundan avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Tehron amerikaliklarga yoki Qöşma Ştatlar obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obektga zarba berilişi haqida ogohlantirgandi.
3 yanvar kuni Eronning taşqi siyosatdagi boş strategi bölgan general Qosim Sulaymoniy Bağdoddagi xalqaro aeroport yaqinida amerikalik harbiylarning raketa zarbasi oqibatida halok böldi. Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy generalning ölimi uçun qattiq qasos olinişini ma'lum qilgan.










