Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlar qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni elektron do‘konlar orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021–2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazo o‘tashning tartibotini ta'minlash maqsad qilingan.
Bunda:
- jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qat'iy intizom va qonuniylikni ta'minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi;
- jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do‘konlar orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi;
- har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi ma'lumotlar elektron bazasi yuritiladi va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi.
Bundan oldin, qamoqxonalar xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:28 / 29.06.2026
Profilaktika inspektori, yo‘l-patrul, patrul-post va qo‘riqlash xizmati yagona tizimga birlashtiriladi
21:45 / 08.04.2026
Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etiladi
10:49 / 04.03.2026
Toshkentda YHXX yig‘ilishi: “shashka”, drift va poyga videolariga qarshi choralar kuchaytiriladi
18:09 / 09.09.2025