Taqdimotda jinoyatçilikni baholaşda raqamlar va körsatkiçlarni taqqoslaş amaliyotidan töliq voz keçilmagani körsatib ötildi. Jamoat xavfsizligi bölinmalari faoliyati samaradorligini baholaş mezonlari “aholiga xizmat körsatuvçi tizim” tamoyili asosida belgilanişi taklif qilindi.

Buning uçun profilaktika inspektorlari, yöl-patrul, patrul-post va qöriqlaş xizmatlari faoliyatini özaro uyğunlaştiriş, ularning aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildiriş, fuqarolar bilan oçiq muloqot qiliş, xavf guruhiga kiruvçi şaxslar bilan manzilli işlaş borasidagi vazifalarini yagona tizimga birlaştiriş nazarda tutilmoqda. Jumladan, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşda ayrim funksiya va vakolatlarni patrul-post hamda qöriqlaş xizmatlariga, jamoat tartibini saqlaşdagi ba’zi vakolatlarni esa yöl-patrul xizmatiga beriş közda tutilmoqda.

Mamlakatdagi 9 mingga yaqin mahallada 10 mingdan ortiq profilaktika inspektori xizmat qilmoqda. Davlat rahbari bu katta kuç ekanini ta’kidlab, jinoyatçilikni jilovlaşda, avvalo, profilaktika inspektori işini töğri taşkil qiliş zarurligini körsatib ötdi.

Amalda profilaktika inspektoriga xos bölmagan 50 ga yaqin qöşimça vazifa yuklatilgani, ayrim hollarda ularning mahallama-mahalla yurib, jinoyatçilikni jilovlaş va aholi muammolarini hal etiş örniga boşqa işlar bilan band bölib qolayotgani qayd etildi.

Şu munosabat bilan işlab çiqilgan “Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida”gi qonun loyihasi töğrisida axborot berildi. Unda profilaktika inspektorining huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, kasbiy faoliyat kafolatlari, ijtimoiy-huquqiy himoyasi, rağbatlantiriş va javobgarlik çoralari aniq belgilanişi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga köra, profilaktika inspektorining ustuvor maqsadi aholi işonçining yuqori darajasiga erişiş va xizmat hududida jinoyatçilikni jilovlaşdan iborat böladi. U xizmat hududida tergovga qadar tekşiruv va profilaktikani amalga oşiruvçi mansabdor şaxs hisoblanadi.

Profilaktika inspektoriga faqat qonun bilan belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning huquqlari, şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasi ostida böladi. 

Loyihaga köra, profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga aralaşiş, unga taalluqli bölmagan topşiriqlar va asossiz yuklamalar beriş taqiqlanadi.