Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida kadrlarni o‘qitish uchun hududiy markazlar tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Suv xo‘jaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tarmoq markazida, shuningdek institut hududiy bo‘linmalari negizida tashkil etiladigan filiallarda Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati mutaxassislari va rahbar kadrlari malakasini oshirish tashkil etiladi.
Suv xo‘jaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
- suv xo‘jaligi sohasida mutaxassislar va menejyerlar bilim va ko‘nikmalari, kasbiy layoqati va mahoratini uzluksiz oshirib borishni tashkil qilish;
- zamonaviy boshqaruv uslublari, boshqaruvda to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qilish hamda nazorat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, suv xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish uchun kasbiy tayyorgarlikni zarur darajada ta'minlash;
- suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari va rahbar kadrlarining ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Qaror bilan suv xo‘jaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlar malakasini oshirish jarayonini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- malaka oshirish maqsadi va asosiy vazifalari;
- Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati mutaxassislari va rahbar kadrlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari malakasini oshirish tartibi;
- o‘qituvchilarni (trenerlarni) qayta tayyorlash tartibi;
- suv xo‘jaligi sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.04.2026
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi kuchaytiriladi
19:48 / 10.03.2026
Muhandis talabalar 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun amaliyot o‘taydigan tizim yaratiladi
11:34 / 14.02.2026
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:16 / 15.12.2025