O‘zbekiston | 08:05 / 06.04.2021
3652
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid