Jahon | 00:14 / 07.04.2021
9791
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Rossiya yadro quroli haqida o‘zaro ma'lumot almashdi

Ikki davlat Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga (DSNV-3) ko‘ra, o‘zida bor bo‘lgan raketalar va yadroviy jangovar kallaklar bo‘yicha o‘zaro ma'lumot taqdim etdi.

Foto: topwar.ru

Ikki davlat har yarim yilda strategik kuchlari haqidagi axborot bilan o‘zaro bo‘lishadi. Oxirgi marta bunday ma'lumot 2020 yil 1 sentyabrda taqdim etilgan.

Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida Rossiya yadroviy jangovar kallaklari sonini 9 taga ko‘paytirgan, AQSh esa 100taga qisqartirgan.

1 mart kuni Rossiyada umumiy hisobda 517 ta, AQShda esa 651 ta qit'alararo ballistik raketa, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchi samolyotlarda o‘rnatilgan ballistik raketalar bo‘lgan. Sentyabrda esa ikki davlatda bunday quroldan mos ravishda 510 ta va 675 ta bo‘lgan. Rossiya raketalarida 1456 ta (sentyabrda 1447ta), AQShnikida esa 1357 ta (sentyabrda 1457 ta) jangovar kallak o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, Rossiya pusk qurilmalari sonini 3 martaga oshirib, 767 taga yetkazgan. AQShning pusk qurilmalari soni esa sentyabrdan beri o‘zgarishsiz qolib, 800 tani tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid