Jahon | 15:28 / 07.04.2021
2162
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 115,7 mingta holat aniqlandi

Qayd etilishicha, bu mamlakat uchun butun pandemiya davridagi rekord hisoblanadi. Avvalroq, 4 aprelda 103,8 mingta holat aniqlanib, rekord qayd etilgandi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Hindistonda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 115,7 mingta yangi holat aniqlandi.

Qayd etilishicha, bu mamlakat uchun butun pandemiya davridagi rekord hisoblanadi. Avvalroq, 4 aprelda 103,8 mingta holat aniqlanib, rekord qayd etilgandi.

O‘tgan sutka ichida Hindistonda 630 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 166,1 ming kishiga yetdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 85 million nafarga yaqin aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan, 11 million kishi esa har ikki dozasi bilan emlangan.

 Hindiston bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 12,8 milliondan oshgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid