Jahon | 00:04 / 07.04.2021
9434
1 daqiqa o‘qiladi

Qizil dengizda Islom inqilobi muhofizlari korpusiga qarashli kema hujumga uchradi – OAV

Hozircha hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan.

Foto: Reuters

Qizil dengizda Islom inqilobi muhofizlari korpusiga (Eron qurolli kuchlarining nufuzli qismi) qarashli kema hujumga uchradi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma'lumotiga ko‘ra, yuk kemasi bilan bog‘liq mazkur voqea Eritreya sohillarida sodir bo‘lgan.

Hozircha hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan.

Isroil ommaviy axborot vositalarining ta'kidlashicha, razvedka bilan shug‘ullanuvchi kema hujumga uchragan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid