Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:47 / 08.04.2021
2127
1 daqiqa o‘qiladi
8 aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi
8 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 22-24 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish