Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 31ta yangi mahalla tashkil etildi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining AOKAda «Aholini ijtimoiy himoya qilish va sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar» mavzusida o‘tkazilgan brifingida vazirlik matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva hozirgi kunda respublikadagi mahallalar soni 31taga ko‘payib, 9 199taga yetganini ma'lum qildi.
Saodat Boymirzayevaning so‘zlariga ko‘ra, yangi tashkil etilgan aholi mavzelari, shuningdek, mavjud mahallalarda oilalar sonining ortishi yangi mahallalar tashkil etilishiga sabab bo‘lgan.
«Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va hududiy hokimliklar tomonidan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida yangi tashkil etilgan aholi yashash mavzelari hamda mavjud mahallalarda oilalar va fuqarolar sonining ko‘payishi natijasida qator mahallalar tashkil etildi.
Joriy yilning 15 mart sanasiga ko‘ra, mahallalar soni 31taga ko‘payib, respublika bo‘yicha jami fuqarolar yig‘inlari soni 9 199taga yetdi. Ularning 8 900tasi MFY, 161tasi OVY, 95tasi QFY va 43tasi shaharcha fuqarolar yig‘inlaridan iborat», dedi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva.
Bundan oldin, Toshkent shahrida yangi mahallalar tashkil etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:31 / 24.01.2026
Mahallalarda aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish joriy etiladi
18:56 / 23.01.2026
“Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obektlari boshlang‘ich narxi pasaytirilib, sotuvga chiqariladi
18:52 / 23.01.2026
Davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos “ijtimoiy shartnoma” tizimi bo‘ladi – prezident
18:23 / 23.01.2026