Jahon | 17:55 / 10.04.2021
16597
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters Rossiyaning Ukraina chegarasiga qo‘shinlarini joylashtirishdan maqsadini ma'lum qildi

Qayd etilishicha, harbiy kuchlarning ko‘paytirilishi jiddiy urush alomati emas. 

Foto: Getty Images

Rossiya «o‘z kuchini namoyish etish uchun» Ukraina chegarasiga qo‘shinlarini joylashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, Kremlga yaqin manba Ukraina chegarasiga qo‘shinlar va qurilmalarning joylashtirilishi «o‘z kuchini namoyish etish» ekanini aytgan.

«Moskva buni ochiqchasiga amalga oshirmoqda, tanklarini kunduz kuni joylashtirmoqda. Bu urushga tayyorlanish emas, bu shunchaki kuchini namoyish etish», — degan u.

Qayd etilishicha, manba va separatistlarga yaqin ikki kishining so‘zlariga ko‘ra, harbiy kuchlarning ko‘paytirilishi jiddiy urush alomati emas. 

O‘tgan haftada Ruslan Xomchak Rossiya bo‘lajak «G‘arb 2021» harbiy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bahonasi ostida Ukraina bilan chegaraga – Bryansk va Voronej oblastlari hamda Qrimga qo‘shinlarini joylashtirayotganini aytgandi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya mamlakat hududi ichida qo‘shinlarini ko‘chirishga haqli, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan tahdid uyg‘otmaydi».

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid