Jahon | 23:35 / 10.04.2021
4974
1 daqiqa o‘qiladi

San-Marinoning butun aholisi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanadi

San-Marino Rossiya vaksinasining birinchi partiyasini fevral oxirida olgandi.

Foto: AP

San-Marinoning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanadi. Bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya investitsiyalar fondiga tayanib Yevronyus xabar berdi.

Shunday qilib, aholisi 34 mingga yaqin bo‘lgan bu mitti davlat koronavirusdan to‘liq himoyalangan birinchi mamlakatga aylanadi. 

San-Marino Rossiya vaksinasining birinchi partiyasini fevral oxirida olgandi. Mamlakatda boshqa vaksinalar ham ko‘rib chiqildi, ammo oxir-oqibat Xitoy va Hindiston vaksinalaridan voz kechishga qaror qilindi.   

Hozirda "Sputnik V" dunyoning 59 mamlakatida foydalanish uchun ma'qullangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid