Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jaobodda berilgan va'da o‘z vaqtida bajarilmagach, raddiya bilan ayb muxbirga to‘nkaldi
5 fevral kuni Kun.uz saytining Andijon viloyati uchun ochilgan Telegram sahifasida Xo‘jaobod tumani, «Bobur» MFY, Olima ko‘chasining oxirida joylashgan 50 dan ortiq xonadon suvsiz qolayotgani, hokimlik vakillari 10 kun muddatda muammolar hal bo‘lishiga va'da bergani haqida videomaterial e'lon qilingan edi.
Videoda Xo‘jaobod tumanidagi «Bobur» MFYning suvsiz qolgan va shag‘allashtirilishi lozim bo‘lgan ko‘chlari haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.
Murojaat e'lon qilingach, viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu masalani nazoratga olganini va Olima ko‘chasidagi toza ichimlik suvi hamda shag‘allashtirish masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, o‘rganish olib borilganini ta'kidlab, munosabat e'lon qilgan edi.
Munosabatda hududga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, 1 km masofada shag‘allashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgani ta'kidlangan.

Biroq mazkur ko‘chaga ichimlik suvi tortilganidan so‘ng ham shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmagan. Aksincha, yo‘l oldingidan battar holda tashlab ketilgan.
Bu borada fuqarolar Kun.uz'ga bir necha bora qayta murojaat qildi. Kun.uz muxbiri 12 mart kuni tuman hokimligi axborot xizmati rahbari bilan mazkur masalada telefon orqali, 1 aprel kuni Xonobod shahrida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida yuzma-yuz suhbatlashib, fuqarolar qayta murojaat qilayotgani va ushbu masalaga hali ham ijobiy yechim bo‘lmayotganini ta'kidlagan.

Shundan so‘ng ham va'da bajarilmagach, fuqarolarning qayta-qayta qilgan murojaati 7 aprel kuni yana bir bor Telegram sahifasiga olib chiqilgan.

Fuqarolar yo‘llagan murojaatga yo‘lning rasmlari ilova qilingan edi. Shundan so‘ng ushbu murojaatga munosabat tarzida Xo‘jaobod tumani hokimligining rasmiy munosabati bildirildi. Munosabatning ayrim jihatlariga e'tibor qaratsak:
«Olima ko‘chasida shu vaqtga qadar olib borilgan ishlarga nazar solganda, (solishtirma suratlarga e'tibor bering) ushbu ko‘chaga ham tosh-qum aralashmasi hamda shag‘al to‘kilganligi guvohi bo‘lasiz. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mahallada ishlar hokimlik nazoratida tizimli tarzda olib borilmoqda», – deya munosabat bildirilgan.

Zero, sahifamizda e'lon qilingan rasmlar 6 aprel kuni soat 17:00 atrofida suratga olingan. Ko‘chadagi shag‘allar esa murojaat e'lon qilingandan so‘ng olib kelib to‘kilgan va go‘yoki rasm eski bo‘lib, hokimlik vakillari ishlar bo‘layotganday qilib ko‘rsatishga uringan.

«Ikki oy oldin shag‘allashni va'da berib ketishgandi, – deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Olima ko‘chasida yashovchi fuqaro Xumora Ziyaydinova. – Qayta murojaat qilganimizdan so‘ng hokimlik vakillari yetib keldi va 6 «KamAZ» shag‘al to‘kib ketishdi. Ko‘chaning qolgan qismi yana chala qolib ketdi. Olingan rasmlar 6 aprel kungi edi. 7 aprel kuni shag‘allar keldi.
Bundan ham qiziq jihati shuki, shag‘allar ko‘chaning faqat rasmga olingan joylariga to‘kilgan. Qolgan joylarga esa shag‘al to‘kilmagan. Chala tashlab ketilgan. Bunday yolg‘on munosabatdan hokimlik qanday manfaatdor ekani ochig‘i kishini hayratlantiradi.
«Ommaviy axborot vositalarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda aholi murojaatlari yuzasidan material berilayotganda hokimlik axborot xizmatiga murojaat qilinsa, tarqatilayotgan axborotning (masalan, 7-aprel kungi) xolisligi va haqqoniyligi o‘rganilib, matbuot minbaridan chalg‘ituvchi mazmundagi materiallar chiqib ketishi oldi olingan bo‘lar edi», – deb xulosa qiladi munosabatda hokimlik axborot xizmati.
Vaholanki, sayt muxbiri bir necha bor shu fuqarolar murojaatlari yuzasidan Xo‘jaobod tuman hokimligi axborot xizmati bilan aloqaga chiqqan.
Boz ustiga, vaziyatni xaspo‘shlash uchun «Bobur» MFY raisi B.Rahmatov chala tashlab ketilgan ishlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, Olima ko‘chasidagi fuqarolar nomidan tuman hokimiga 1,5 km yo‘lni shag‘allantirishda yordam bergani uchun tashakkurnoma ham yozib bergan.
Xokimlik o‘z munosabatida «Ko‘chalardagi ishlarni tartibli, birin-ketin amalga oshirilayotgani bois texnika va ishchi kuchining bo‘shashiga qarab Olima ko‘chasida ham shag‘allashtirish va tekislash ishlari qisqa kunlarda oxiriga yetkaziladi», – deya ta'kidlagan. Biroq fuqarolar 10 kun muddatda bajarishga va'da berib, 2 oydan so‘ng ham bartaraf etilmagani yetmaganday, ko‘zbo‘yamachilik qilib, muxbirni yolg‘on ma'lumot tarqatganlikda ayblayotgan hokimlik vakillariga ishonmayapti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda «Asakacha ish uslubi–2»: Yolg‘on axborot, o‘zgartirilgan xabarlar, ammo o‘zgarmayotgan vaziyat» sarlavhali maqola e'lon qilingan va unda Asaka tumanidagi muammolarga yolg‘on munosabat berilgani bayon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

17:33 / 20.08.2025
O‘zbekistondagi yashil shahar – Xonoboddan fotoreportaj

16:05 / 06.08.2025
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

09:54 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi

12:29 / 29.07.2025