Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Erdo‘g‘an nomiga noma'qul so‘zlardan keyin Italiyadan vertolyotlar importini to‘xtatdi
Rasmiy Anqara Italiya bosh vaziri Mario Dragi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an nomiga aytgan noma'qul so‘zlardan keyin Italiyaning «Leonardo» kompaniyasidan o‘nlab AW169 mashg‘ulot vertolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi. Avvalroq Dragi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga Anqaradagi uchrashuvda kursi berilmagani ortida Erdo‘g‘anni «diktator» deb atagandi.
La Repubblica nashrining xabar berishicha, tomonlar mart oyida vertolyotlarni yetkazishga oid umumiy qiymati 150 mln yevroni tashkil qiluvchi shartnoma bo‘yicha 70 mln yevrolik ilk transhni o‘tkazishga kelishib olishgan. Biroq oxirgi voqealardan keyin ushbu shartnoma taqdiri noma'lum muddat mavhum bo‘lib qoladi.
Shuningdek, Anqara yana uchta kompaniyaga shunday ogohlantirish jo‘natgan.
Yevrokomissiya raisi bilan bog‘liq diplomatik mojaro uning Erdo‘g‘an bilan uchrashuvidan keyin boshlandi. Erdo‘g‘anning Yevropa ittifoqi vakillari — Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevrokengash prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuvi 7 aprelda Anqarada bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda uchrashuv tashkilotchilari muzokara ishtirokchilariga faqat ikki kursini hozirlab qo‘yishgan. Ulardan birini Erdo‘g‘an, ikkinchisini esa Yevrokengash rahbari Sharl Mishel egallagan. Natijada fon der Lyayyen protokol bo‘yicha o‘zidan pastroq diplomatik darajani egallagan Mavlut Chovusho‘g‘lu o‘tirgan divan qarshisidagi divandan joy olishiga to‘g‘ri kelgan.
Italiya bosh vaziri mojaroga izoh berib, Turkiya prezidentini uchrashuvda o‘zini nomaqbul tutishda ayblagan va uni «diktator» deb atagan. Shundan keyin Turkiya tashqi ishlar vazirligi Italiya elchisini chaqirtirib, unga o‘z noroziligini bildirgan.
Mavzuga oid
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026