Jahon | 23:57 / 12.04.2021
8321
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda korrupsiyada ayblangan deputat davlatga milliard som to‘lab berdi

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Qirg‘iziston parlamenti deputati, 2021 yil fevralda korrupsiyadagi ayblov bo‘yicha hibsga olingan Kubanichbek Jumaliyev davlatga 1 mlrd somdan ko‘proq (12 mln dollarga yaqin) mablag‘ to‘lab berdi. Shundan keyin unga nisbatan ehtiyot chorasi hibsda ushlab turishdan hech qayoqqa ketmaslik haqidagi tilxatga o‘zgartirildi.

 Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Jumaliyevga nisbatan olib borilgan tergov natijasida uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarlicha isbot olingan. “Ayni vaqtda deputat o‘z ixtiyori bilan davlat foydasiga umumiy qiymati 1 mlrd somdan oshadigan pul mablag‘lari, tijoriy aktivlar va ko‘chmas mulkni topshirdi. Ushbu holat, Kubanichbek Jumaliyevning keksa yoshda ekani va salomatligini inobatga olib, ehtiyot chorasini ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan choraga o‘zgartirdik”, deb ma'lum qilingan qo‘mitada.

Deputat noqonuniy boyish, qonunga xilof tarzda tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish va ta'lim faoliyati uchun litsenziya olishda ayblanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid