Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo‘yildi

Qarshi shahrida hojatxonasi sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydigan metan «zapravka»lar vaqtinchalik gazdan uzib qo‘yilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Hayitova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qarshi shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining sanitar-gigiyenik holatini o‘rgangan.
O‘rganishlar jarayonida Qarshi shahridan o‘tgan davlat ahamiyatidagi A-380 G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan «Koinot gaz servis» MChJ hamda Xudoyzod mahallasidagi «Osiyo metan» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish stansiyasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo‘l va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 793-son qarori talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Ular avvalgi o‘rganishlar davomida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni hanuzgacha bartaraf etmagan. Jumladan, ushbu metan «zapravka»lardagi hojatxonalar belgilangan talablarga umuman javob bermasligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining har ikkalasida ham nogironlar uchun pandus o‘rnatilmagan. Hojatxonalar mutlaqo talabga javob bermaydigan ahvolda bo‘lgan. Ona-bola xonasi jihozlanmagan. Hojatxonaning nogironlar uchun xonasi eshigi undan aravacha sig‘a olmaydigan darajada tor qilingan. Bundan tashqari, «Osiyo metan» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida kanalizatsiya hojatxona yonidan o‘tgan zovurga chiqarilgan.
Ta'kidlanishicha, har ikkala metan «zapravka» egalariga vaziyatni o‘nglashgach, gaz ta'minoti qayta tiklab berilishi tushuntirilgan.
Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab hojatxonalar bilan ta'minlanmagan AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish, shuningdek, ularning litsenziyalari muddati ham to‘xtatilishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
-
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston | 11:25
Mavzuga oid

09:33 / 15.06.2025
Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

14:32 / 14.02.2025
Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:46 / 12.01.2025