18 avgust kuni AOKAda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ötkazgan matbuot anjumanida şu haqda eslatib ötildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

https://ok.ru/videoembed/1642446719679

2019 yil sentyabrdagi hukumat qaroriga asosan, 2020 yil 1 martdan boşlab jamoat maqsadlariga möljallangan va keça-kunduz işlaydigan, sanitariya va şaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena şoxobçalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat körsatişiga yöl qöyilmasligi belgilangan edi.

«Afsuski, pandemiya sababli köp narsalar töxtab qoldi, lekin mana yaqinda, 10 iyulda Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan, 1 sentyabrdan boşlab sanitar-gigiyenik şoxobçalarni talab darajasiga keltirmagan yoqilği quyiş şoxobçalari faoliyatini töxtatadi», – dedi Investitsiyalarni jalb qiliş va turizm zonalarini rivojlantiriş departamenti boşliği Jörabek Ahmedov.