Navoiy viloyati perinatal markazidagi voqea ijtimoiy tarmoqlarda tezlik bilan tarqaldi. Unda yoşi katta uç erkak kişi va uç nafar bola şifoxona eşigi yoniga borib, «Bitta ukol bilan öldirib qöydi, öz oyoği bilan kelgandi», deya yiğlaşadi. Kattalardan birining qölida marhuma ayolning surati, bolalar qölida esa «Şifokorlar sabab biz onasiz qoldik» degan yozuvlar körinadi. Keksa yoşdagi erkak «Döxtirlar öldirdi bolamni, savodsiz hamşira öldirdi. 36 yoşida ölib ketdi», deya takrorlaydi.
Voqea yuzasidan Navoiy viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi munosabat bildirib, ayol «Tseftriakson» dori vositasining 1,0 grammi muşak orasiga sinamasidan söng anfilaktik şok ortidan klinik ölim holatiga tuşgani hamda 9 kun davomida hayoti uçun kuraşilganiga qaramay, vafot etganini ma'lum qildi.
Noxuş voqea qator savollar tuğdiradi. Ularning içida eng muhimi – ayolni qutqarib qoliş mumkinmidi? Şu va boşqa savollarga javob oliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi boş akuşer ginekologi, professor Lola Abdullayeva bilan suhbatlaşdik.
– Lola Mirzatillayevna, navoiylik ayolda kuzatilgan anafilaktik şok özi nima va u qanday keçadi?
– Anafilaktik şok – bu hayot uçun xavfli bölgan va köpinça bir neçta organ tizimlariga ta'sir qiladigan (masalan, nafas oliş, oşqozon-içak va yurak-qon tomir tizimlari) umumiy allergik reaksiya. Eng muhimi va oğir jihati – qon bosimining pasayişi bilan namoyon böladigan yurak-qon tomir tizimining buzilişi, şuningdek, nafas qisilişi bilan namoyon böladigan nafas oliş tizimining buzilişi kuzatilişi mumkin.
Anafilaktik şok odamda allergiya keltirib çiqaradigan omil (odatda oziq-ovqat, haşarotlar yoki giyohvand moddalar) ta'siridan deyarli darhol (10 daqiqadan – 2 soatga qadar vaqt içida) sodir böladi.
Köpinça anafilaktik şokning sababini tezkor aniqlab bölmaydi, şuning uçun allergiyaga aniq ta'sir körsatilmagan bölsa ham, anafilaktik şok bölişi mumkin.
Eng jiddiy allergik reaksiyalar nafas oliş va yurak-qon tomir tizimini (yurak va qon bosimi) öz içiga oladi. Bunday holda qon tomirlarining keskin kengayişi sodir böladi, buning natijasida qon bosimi pasayadi. Anafilaksiya bölgan odamda nafas qisilişi, böğiliş hissi, zaiflik, boş aylanişi, köz oldida qorayiş, huşidan ketiş va bosimning keskin pasayişi kuzatilişi mumkin. Uşbu alomatlar öta xavfli bölib, şoşilinç tibbiy yordamni talab qiladi.
– Ayni şu bemorni qutqarib qoliş mumkinmidi?
– Örganilayotgan holatda, ya'ni 36 yoşli ayol bilan boğliq vaziyatda dori vositasi öng bilak sohasiga sinama qöyilganidan keyin tösatdan anafilaktik şok va klinik ölim holati kuzatilgan. Ötkazilgan tezkor reanimatsion çora-tadbirlardan söng yurak faoliyati tiklanib, uzaytirilgan sun'iy nafas beriş apparatida reanimatsiya bölimida intensiv davo muolajalari davom ettirilgan.
9 kun mobaynida şifokorlar uşbu bemorning hayoti uçun kuraş olib borişlariga qaramay, biologik ölim holati sodir bölgan.
– Umuman, bunday holatda tibbiyot xodimlarini ayblaş qançalik töğri?
– Albatta, bir onaning ölimi, uç farzandning yetim qolişi – katta fojia. Bu oilaga sabr tilayman. Ölim holati yuz berdimi, kimnidir javobgar qiliş istagi böladi. Sodir bölgan ona ölimi yuzasidan tahlillar ötkazilib, bugungi kunda holat yuzasidan Navoiy şahar prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Albatta, kimnidir aybdor yoki aybsiz deya hukm çiqariş vakolati faqat sudda bor. Men uzoq yillik tajribamdan kelib çiqib, öz fikrimni bildiraman xolos: bu holat böyiça şifokorlarni ayblaş noörin.
E'tibor qiling, köpçilik öylaganidek, bemor şifoxonaga olib kelinişi bilan, bitta ukol ortidan ölib qolmayapti. Unda tibbiy jihatdan juda murakkab holat kuzatilyapti, şifokorlar uning hayoti uçun 9 kun uzluksiz kuraşişyapti, ammo baribir ayol vafot etyapti.
Çunki anafilaktik şok allergik reaksiyalarning eng oğir şakli bölib, hayot uçun xavfli jarayon va JSST ma'lumotlariga köra, tibbiyot sohasida rejali hamda tezkor davolanişda 1,5-2 foizgaça holatlarda kuzatiladi.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.











