Ijtimoiy tarmoqlarda bir oila a'zolarining videomurojaati tarqaldi. Unda qöllarida «Şifokorlar sabab biz onasiz qoldik» yozuvini kötargan bolalar va ularning otasi onaning ölimida şifokorlarni ayblaşgan.

Voqea Navoiy viloyatida yuz bergan. 25 mart kuni viloyat perinatal markazi reanimatsiya bölimida 36 yoşli ayol vafot etgan.

Navoiy viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatiga köra, ayol 16 mart kuni Navoiy viloyat perinatal markazi ginekologiya bölimiga 12 haftalik homilasining nobud bölgani sabab murojaat qilgan.

Navbahor tumani Özbekiston MFYda yaşagan O.F.ga «Homiladorlik 4. 14-hafta 4-kun. Tuğruq 3. Rivojlanmay qolgan homila» taşxisi qöyilgan.

«Bemor bölimda davolaş-taşxislaş standartlari asosida töliq tekşiruvlardan ötkazilib, homilaning uç haftadan ortiq rivojlanmay qolgani, umumiy qon tahlilida leykotsitlar miqdori normadan oşgani inobatga olinib, septik asoratlarning oldini oliş va antibiotiko-profilaktika maqsadida «Tseftriakson» dori vositasining 1,0 grammi muşak orasiga sinamasidan söng inʼeksiya ötkaziş tavsiya berilgan.

2021 yil 16 mart kuni soat 17:50 lar atrofida muolaja hamşirasi tomonidan uşbu dori vositasi bilan öng bilak sohasiga sinama qöygandan keyin tösatdan anafilaktik reaksiya, anafilaktik şok va klinik ölim holati kuzatilgan. Ötkazilgan tezkor reanimatsion çora-tadbirlardan söng yurak faoliyati tiklanib, reanimatsiya bölimida uzaytirilgan sun'iy nafas beriş apparatida intensiv davo muolajalari davom ettirilgan.

Davolaş jarayonida 17, 23 va 25 mart kunlari mamlakatimizning malakali anesteziolog va reanimatologlari tomonidan körilib, kerakli tavsiyalar berilgan va buyurilgan tavsiyalar asosida davo muolajalari olib borilgan.

Ötkazilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan 2021 yil 25 mart kuni bemor O.F.da biologik ölim qayd qilingan», – deyiladi viloyat SSB axborotida.

Navoiy şahar prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazmoqda. Sudga oid komission tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.