Rossiya Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmati xabar qilişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi 17ta korxonani «pomidor jigarrang bujmayiş virusi» (ToBRFV)dan xoli deb topgan. Respublika vakolatli bölimi kafolati bilan «Rosselxoznadzor» Özbekistonning virusdan xoli deb topilgan korxonalariga Rossiyaga pomidor va qalampir yetkazib berişga ruxsat berdi.
Ruxsat berilgan korxonalar Qaşqadaryo, Navoiy va Farğona viloyatlarida faoliyat yuritadi.
Ma'lumot uçun, 2020 yil 26 noyabrida «pomidor jigarrang bujmayiş virusi» sababli respublikaning ayrim hududlariga Rossiya tomonidan vaqtinçalik taqiq joriy etilgan edi.
Dastlab, Farğona viloyatidan eksport qilingan bulğor qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan uşbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilişga taqiq qöyildi.
Keyinroq, «Rosselxoznadzor» Özbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus» aniqlangani vaji bilan Navoiy va Qaşqadaryodan pomidor importiga taqiq joriy etdi.
«Rosselxoznadzor» 2020 yil 18 dekabrdan boşlab Farğona viloyatida joylaşgan 7ta korxonadan pomidor va qalampir mahsulotlarini Rossiya hududiga olib kirişga ruxsat bergan.
Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmati 2021 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekiston hukumati huzuridagi «Özdavkarantin» inspeksiyasi kafolati ostidagi 34ta kompaniyaga pomidorlarni Rossiyaga eksport qilişga rozilik bergan.
Şuningdek, Rossiya hukumati quritilgan mahsulotlarni eksport qiluvçilar majburiy ravişda korxona nomi va manzili, mahsulot markirovkasini körsatişi şartligini ma'lum qilgan.
«Rosselxoznadzor» 2021 yil 3 martdan boşlab Rossiyaga Özbekistonning oltita korxonasidan pomidor olib kirişga ruxsat berdi.











