Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoramol sotgan shaxs 27 ming dollarga chuv tushdi
Foto: KUN.UZ
Kosonsoylik fuqaro uychilik tanishiga sotgan qoramollari pulini to‘liq ololmagani ortidan IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
9 aprel kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro 2021 yil 8 mart kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga molxonasidan 38 bosh yirik shoxli qoramolini 42 200 dollarga sotib olishga kelishgan. Uychilik shaxs uning ishonchiga kirib, 15 ming dollar berib, mollarni olib ketgan.
Mollarini sotgan shaxs vaqt o‘tsa-da, qolgan 27 200 dollarni bermasdan, aldab kelayotgan xaridorga chora ko‘rishni so‘rab IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 22.05.2026
Nasldor qoramol olib kirish uchun soliq imtiyozi joriy etildi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
12:11 / 16.12.2025
28 mln so‘mlik jarimani “yo‘q qilib berish”ni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi
18:44 / 09.12.2025