Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tuman “Energosavdo” bölimi yuriskonsulti M.M. qölga olindi.
Ma’lum qilinişiça, u “Soyça” MFYda yaşovçi fuqaroning xonadonida elektr tarmoğiga noqonuniy ulanganlik holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan hisoblangan 28,6 mln söm jarimani “yöq qilib beriş” evaziga öz xizmat xonasida 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















