O‘zbekiston | 14:06 / 16.04.2021
4516
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo kuzatiladi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 22-27 daraja issiq atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Keyingi 3 kun ichida respublika bo‘yicha aprel oyi o‘rtasi uchun me'yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat yakshanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, dushanba kuni esa respublika shimolida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 16-19 aprelda kechalari 9-14 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
 
20 aprelda O‘zbekiston hududiga shimoliy-g‘arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 20-21 aprelda ko‘pgina viloyatlarda ( respublikaning shimolidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat 10-12 daraja iliqqacha pasayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid