Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida 80 ming aholi kanalizatsiyaga ilk bor ulanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida aholining ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar haqida ma'lumot berdi.
«2021 yilda budjet mablag‘lari hisobidan, 658 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 91ta suv inshootlarida qurilish-ta'mirlash ishlari bajariladi va natijada 210ta qishloq va mahalladagi 270 ming nafar aholining suv ta'minoti yaxshilanadi.
Bundan tashqari, Qo‘shrabot tumani ichimlik suv ta'minotini yaxshilash bo‘yicha 36 million dollarlik loyiha bu yil yakunlanadi. Natijada, Qo‘shrabot tumani markazi va 77ta qishloqdagi 65 ming nafar aholi ichimlik suv bilan ta'minlanadi.
Jahon banki ishtirokida Samarqand shahri oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 49 million dollarlik loyiha ham joriy yilda yakunlanadi.
Buning hisobiga, Samarqand shahrida 80 ming nafar aholi kanalizatsiyaga ilk bor ulanib, ushbu xizmat bilan ta'minlanish darajasi 64 foizdan 85 foizga yetadi.
Ramatov, Saifnazarov, Turdimov Jahon banki ishtirokidagi Kattaqo‘rg‘on shahrining ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha 66 million dollarlik loyihaning qurilish ishlarini boshlashni tezlatish kerak. Chunki Kattaqo‘rg‘on xalqi buni kutib turibdi. Zarur bo‘lsa, mablag‘ni tezlataylik.
Ushbu loyiha hisobiga, Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi ichimlik suv ta'minoti 95 foizga va kanalizatsiya bilan ta'minlanish 90 foizga yetkaziladi. Joriy yilda 692 milliard so‘m markazlashgan mablag‘lar hisobidan, 1 ming 188 kilometr avtomobil yo‘llari, jumladan, 1 ming 40 kilometr ichki yo‘llar ta'mirlansin.
Aeroportga yondosh hududda umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan xalqaro «KARGO» markazi tashkil etiladi. Bu xalqaro «KARGO» markazi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini jahon bozoriga sifatli qilib olib chiqadi. Endi 70 sentnerdan kam g‘alla olinadigan bo‘lsa, yerni berishimizdan foyda yo‘q. Nima xalqqa, davlatga manfaatli bo‘lsa, o‘shani ekamiz», – dedi davlat rahbari o‘z nutqida.
Mavzuga oid
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026