Kun.uz'ning Uzbek.Life loyihasi xorijdagi vatandoşlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Loyihaning navbatdagi mehmoni – AQŞning Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon Töxtasinov.
Ikromjon Enseña Chile dasturi böyiça Lotin Amerikasidagi Çili mamlakatida stajirovka ötagan. Şu bois suhbatimizni köpçilik özbekistonliklarga yaxşi taniş bölmagan Çiliga bağişlaşga qaror qildik.
– Bakalavriatda Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, magistraturada esa AQŞning Indiana ştatidagi Notrdam universitetida öqidim.
Notrdam universitetida tahsil olayotgan paytim köplab loyihalarda iştirok etganman. Xususan, öşa vaqtda turli taşkilotlar bilan birga işlab, ularning ma'lum muammolarini yeçişga kömaklaşuvçi dasturlar bölardi. Ana şunday dasturlar orqali talabalarni xorijiy davlatlarga yuborişgan. Men iştirok etgan loyiha ta'limga oid bölgani uçun biz Lotin Amerikasidagi Çili mamlakatiga borganmiz.

Çilida Enseña Chile nomli taşkilot bor, bu taşkilot universitet bitiruvçilari malakasini oşirib, mamlakatdagi maktablarga dars beriş uçun jönatadi. Men ham mazkur taşkilotda işlab, 3 oy davomida Çilida yaşaganman.
Çilida yaşaş davomida maktablardagi ta'lim tizimini yaqindan örganişga muvaffaq böldim.
«Maktabga qança mablağ ajratilişi undagi öquvçilarning moddiy ahvoliga boğliq»
— Ta'lim tizimi davlat boşqaruvining bir qismi sifatida namoyon böladi. Ya'ni davlat boşqaruvi qandayligi va undagi özgarişlar ta'lim tizimiga ham albatta ta'sir qiladi.

Çili Konstitutsiyasiga köra, maktab ta'limi majburiy va davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Ammo moliyalaştiriş biz öylagan kabi tarzda emas. Çilida qaysi maktabga qança mablağ ajratilişi u yerda öqiyotgan öquvçilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib çiqişiga boğliq.
Hukumat mamlakatdagi tengsizlikni kamaytiriş uçun boy oilalar farzandlari öqiydigan maktablarga kamroq, kam ta'minlangan bolalar öqiydigan maktablarga köproq pul beradi. Ba'zi hollarda boy oilalar farzandlari öqiydigan maktablarga mablağ ajratilmasligi ham mumkin. Bu orqali garçi qiyin bölsa-da, ular mamlakatda ijtimoiy adolatni örnatişga harakat qilişadi.












