2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Unga köra, nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari qamrovini kengaytiriş közda tutilgan.

Nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari sonini 600 taga yetkaziş çoralari köriladi.

Kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bölgan pedagog kadrlar uluşi oşiriladi.

Majburiy va ixtiyoriy ravişda attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining pedagog.edu.uz platformasi orqali röyxatdan ötişlari ta’minlanadi.

Pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş va ularga tegişli malaka toifalarini beriş rejalaştirilmoqda.

Xalqaro ta’lim dasturlari asosida 14 ta texnikumda örta böğin kadrlarini tayyorlaş yölga qöyiladi.

Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan texnikumlar hamda kasb va mutaxassisliklar belgilanadi.

Xalqaro ta’lim dasturini tarjima qiliş va texnikumlarga yetkaziş möljallangan.

Texnikum öqituvçilarining malakasini oşiriş nazarda tutilmoqda.

Xalqaro ta’lim dasturlariga öquvçilarni qabul qiliş va ta’lim jarayonini taşkil etiş amalga oşiriladi.