Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va Gretsiya o‘zaro munosabatlar tarixidagi eng yirik mudofaa shartnomasini imzoladi
Isroil va Gretsiya mudofaa vazirliklari Gretsiya harbiy-havo kuchlari uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha markaz tashkil etish va 22 yil davomida unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 1,65 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi.
Isroil mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, Elbit Systems deb nomlanadigan markazni qurish bo‘yicha ushbu shartnoma ikki davlat o‘rtasida tuzilgan eng yirik mudofaa shartnomasi hisoblanadi.
Shartnoma doirasida Gretsiyada Isroil harbiy-havo kuchlarining uchuvchilar akademiyasi namunasi bo‘yicha harbiy uchuvchilarni tayyorlash xalqaro markazi tashkil etiladi. U Italiyada ishlab chiqarilgan 10ta M-346 rusumidagi o‘quv-mashg‘ulot samolyoti bilan jihozlanadi. Shuningdek, Gretsiya harbiy aviatsiyasiga qarashli T6 samolyotlari modernizatsiya qilinadi.
Isroil mudofaa vaziri Beni Gans ushbu bitim “ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa, iqtisodiyot va siyosat sohalaridagi hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashini” aytgan.
Gretsiya Turkiya bilan Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududida o‘zaro qarama-qarshilik kuchayayotgani ortida o‘z mudofaasini mustahkamlamoqda. Rasmiy Afina rejalarida harbiy samolyotlardan tashqari, vertolyotlar va 4ta fregat xarid qilish bor. Shuningdek, Germaniyada ishlab chiqarilgan yana 4ta fregat modernizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, Gretsiya qurolli kuchlari saflari 5 yil davomida qo‘shimcha 15 ming askar bilan to‘ldiriladi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026