Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bu yil neft-gaz va energetika ko‘rgazmalari o‘tkazilmaydi
O‘zbekiston Energetika vazirligi ko‘rgazma faoliyati bilan bog‘liq qator xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yilda neft-gaz va energetika ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilmagan.
“Hozirgi kunda COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik vaziyat tufayli 2021 yilda O‘zbekistonda an'anaviy (yillik) ko‘rgazma tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmagan.
Bu “O‘zbekiston neft va gaz – OGU”, shuningdek, “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan” kabi xalqaro ko‘rgazmalarga ham tegishli”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazmalarda ishtirok etishni rejalashtirgan barcha kompaniyalar ushbu ma'lumotni qabul qilishi lozim.
Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin nazorati kuchaytirilgani xabar berilgandi. Respublikada umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklandi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
Mavzuga oid
22:18 / 18.03.2026
Eron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi energetika obektlariga zarba berishini e’lon qildi
11:10 / 14.03.2026
Eron AQShga mintaqadagi neft-gaz obektlariga hujum bilan tahdid qildi
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
14:23 / 25.02.2026