17 aprel kuni boş vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yiğilişida Özbekistonda 18 apreldan koronavirus tufayli joriy etilgan karantin çeklovlari kuçaytirilişi haqida ma'lum qildi.

Nazorat kuçaytirilişi
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi jamoat joylarida niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş, qöllarni antiseptik bilan zararsizlantiriş tadbirlari nazoratini kuçaytiradi va qoidabuzarlarga nisbatan qat'iy javobgarlik çoralari körilişini ta'minlaydi. Karantin qoidasini buzganlar qat'iy javobgarlikka tortiladi, jarimalar qöllanadi.

Jamoat transporti
Vokzal va aeroportlarda karantin talablariga rioya etilişi ustidan nazorat kuçaytiriladi. Transport vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati jamoat transportlari tizimini 50 foiz miqdorida yölovçilar taşilişini va şu maqsadda yönalişli transport vositalari sonini oşiriş hamda oxirgi bekatda dezinfeksiya işlarini amalga oşirilişini ta'minlaydi. Temir yöl vokzallari, aeroportlarda karantin qoidalariga amal qilinişini qat'iy nazoratga olinişini ta'minlaydi.

Ta'lim muassasalari
Maktabgaça ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan birgalikda koronavirus aniqlangan har bir maktabgaça ta'lim, umumta'lim muassasalari, kollej, litsey va oliy öquv yurtlarining faoliyatini ikki haftaga töxtatiş hamda öqiş ikki hafta onlayn rejimida amalga oşirilişini ta'minlaydi.

Jamoat joylari
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, barça taşkilot, korxona va muassasalar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, köngiloçar muassasalar kiriş qismida niqobda böliş, tana haroratini ölçaş, qöllarni antiseptik bilan zararsizlantiriş amaliyotiga rioya etilişini qat'iy ta'minlaşi lozim böladi. Karantin qoidalariga rioya etmagan muassasalar faoliyati vaqtinça yopilişi mumkin.

Ovqatlaniş joylari
Kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş obektlarida ularning siğimini 50 foizdan ortiq bölmagan holatda faoliyat yuritişi lozim, lekin maksimal soni 100 kişidan ortişi kerak emas.

Tomoşa tadbirlari