12:36 / 19.04.2021
10496

Xorazm viloyatidagi epidemiologik vaziyat haqida ma'lumot berildi

2021 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 14 704 nafar fuqaro karantinga olingan. Shulardan 222 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

So‘nggi bir hafta ichida karantinga olinganlar soni 749 nafarni tashkil etgan. Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha 11ta o‘choq aniqlanib, 15 nafar bemor ro‘yxatga olingan. 

O‘choqlarda shahar va tuman SEO va JSXB tomonidan epidemiologik surishtiruv ishlari hamda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilib, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolardan analizlar olingan. 

Xorazm viloyatiga o‘tgan hafta 7ta charter reysida  541 nafar fuqaro kirib kelgan. Koronavirusga analiz topshirmagan va analiz javobi 72 soatdan oshgan 67 fuqarolardan PZR uchun namuna olinib, tekshirilganda musbat natija qayd qilinmagan. 

Charter reys orqali kelgan 272 nafar xorazmlik va ular bilan muloqotda bo‘lgan oila a'zolari uy sharoitida 14 kun davomida karantinga olingan. Ularning karantin qoidalariga rioya qilishi nazoratga olinishi uchun IIB va Milliy gvardiyaga xabar berilgan.

Xorazm viloyatida koronavirus infeksiyasini erta aniqlash va vaqtida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, barcha tumanlarda virusologiya  laboratoriyalari ishga tushirilgan. Yil boshidan bugungi kungacha 35 102 ta namuna koronavirusga tekshirilgan.

Mavzuga oid
Top