Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarga Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali parvoz qilib, Rossiyaga kirish imkoniyati ochildi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muntazam aviaqatnov tashkillangan har qanday davlatdan Rossiya Federatsiyasiga kira oladi. Buning uchun asos talab qilinmaydi.
Foto: Nikolay Ustinov
Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2020 yil 16 martdagi 635-r sonli buyrug‘ining birinchi ilovasiga 2021 yil 14 aprelda kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu ro‘yxatda keltirilgan har qaysi davlatdan asossiz uchib kela oladi.
Ro‘yxatda Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlar bor. U yerlardan Rossiyaga aviachiptalar arzon. Shuning uchun endi ushbu davlatlardan bemalol Rossiyaga arzon, qonuniy yo‘l bilan va kirish uchun biror asos ko‘rsatmasdan uchib kelish mumkin. Ya'ni faqat O‘zbekistondan uchib kelish shart emas.
Avval O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga Qirg‘iziston, Turkiya kabi uchinchi mamlakatlardan kelish uchun o‘sha mamlakatlarda yashash uchun guvohnoma (vid na jitelstvo)lari bo‘lishi talab qilinar edi. Endi esa ushbu talab olib tashlandi.
Demak, joriy yil 14 apreldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali Rossiya shaharlariga parvoz qilib, hech qanday asos va hujjatlarsiz aeroport orqali kira oladi. Hujjat 6 kun muqaddam qabul qilingan bo‘lsa-da, bugun, 20 aprel kuni rasman e'lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga kelishdan avval koronavirusga PsR-testni topshirish shart.
Avvalroq 15 apreldan boshlab 1 iyungacha Rossiya Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani haqida e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
08:45 / 11.02.2026
Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlash tartibi tasdiqlandi
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
20:13 / 09.02.2026