Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda uch kishi “koronavirusga qarshi damlama”dan zaharlandi. Uni tavsiya qilgan sog‘liqni saqlash vazirining iste'fosi talab qilinmoqda
16 aprel kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev mamlakatdagi shifokorlar koronavirus bemorlarini "Issiqko‘l ildizi" yoki jung‘or ayiqtovoni bilan davolashayotganini aytgandi.
Qirg‘izistonda jung‘or ayiqtovoni o‘simligidan tayyorlangan “koronavirusga qarshi damlama”dan uch kishi zaharlandi, deb xabar berdi 24.kg.
Xabarda aytilishicha, zaharlanganlarning ikki nafari Bishkekdagi travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan. Aniqlik kiritilishicha, damlamani ular o‘zlari tayyorlagan.
Avvalroq yana bir zaharlangan kishi Bishkekdagi tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgani xabar qilingandi.
16 aprel kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev mamlakatdagi shifokorlar koronavirus bemorlarini "Issiqko‘l ildizi" yoki jung‘or ayiqtovoni bilan davolashayotganini aytgandi.
“Interfaks”ning xabar berishicha, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Beyshenaliyevning iste'foga chiqishini talab qilishmoqda.
Parlament matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, parlamentning ijtimoiy, ta'lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zolari hukumatga vazirni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida taklif kiritmoqchi. Dushanba kuni bu boradagi qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Mavzuga oid
18:20
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026