Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda xizmat mashinasida qoidani buzib harakatlangan IIB xodimiga chora ko‘rildi
Qo‘qon shahrida xizmat mashinasida qoidani buzib harakatlangan IIB xodimiga chora ko‘rildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «Nexia-3» rusumli, «40 773 VSF» davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 31-bandi (Svetoforning qizil ishorasi, shuningdek, miltillovchi qizil ishorasi harakatlanishni taqiqlaydi)da belgilangan talablarni chetlab o‘tgani aks etgan videotasvir tarqalgan.

Mazkur holat o‘rganilganda «Nexia-3» rusumli, «40 773 VSF» davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qoidabuzarligi o‘z tasdig‘ini topgan.
Ta'kidlanishicha, avtomobil biriktirilgan haydovchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, ya'ni 490 ming so‘m miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
17:15 / 30.06.2026
Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasi boshqaruvini bergan shaxsga chora ko‘rildi
08:45 / 12.06.2026
Toshkentda xavfli harakatlangan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
18:09 / 19.05.2026