Toşkent şahrida yengil tabiatli ayollarga “rahnamolik” qilib turiş uçun pora olgan içki işlar xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.

“Rahnamo” qölga tuşdi

Sud hukmiga köra, 1993 yilda tuğilgan S.B. Yakkasaroy tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori lavozimida işlab kelgan. U öziga biriktirilgan hududda ijarada yaşovçi ayoldan tumanning Damariq mahallasidagi xonadonlardan birida intim xizmatlar körsatuvçi fohişalarga nisbatan çora körmaslik evaziga har oyda 400 dollar pora berişni talab qilgan.

Profilaktika inspektori bu pul evaziga fohişalarga “rahnamolik” qilişni, şuningdek, ularni huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkaziladigan “Oriyat” tadbirlari haqida ogohlantirib turişni va’da qilgan.

S.B. 2025 yil 28 noyabr kuni DXX va IIV ŞXBB Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda arizaçi ayoldan talab qilgan 400 dollarini olganda uşlangan. Şu kuni unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

“Birinçi marta olişim edi”

S.B. sudda aybiga qisman iqror bölgan hamda arizaçidan avval pul olmaganini bildirgan.

“Arizaçidan birinçi marta pul olişim edi. Undan avval heç qaçon u bilan muloqotga kirişmaganman. Ularning intim xizmatlaridan foydalanmaganman. Arizaçidan yoş qizlari haqida söraganimning sababi, ular orasida voyaga yetmaganlari bor yoki yöqligini bilmoqçi bölgandim.

400 dollarni faqat öz ehtiyojim uçun söraganman. Rahnamolik qiliş va ma’muriy bayonnoma tuzmaslik evaziga pora talab qilmaganman. Menda ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuziş uçun asos mavjud bölmagan. Arizaçining özi menga ötkaziladigan fohişalik tadbirlari haqida ogohlantirib turiş evaziga pora taklif qilgan”, deya körsatma bergan S.B.

Şuningdek, u pulni yanglişib olganini, qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan yengillik söragan.

“Kelib jinsiy aloqa qilib turardi”

Sudda arizaçi ayolning körsatmasi boşqaçaroq bölgan. U profilaktika inspektori ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik uçun fohişalar “xizmatidan” ham foydalanib turganini aytgan.