Jamiyat | 10:52 / 21.04.2021
5376
1 daqiqa o‘qiladi

COVID-19’ga qarshi emlashga yozilish va holatni tekshirish xizmati ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonida aholiga yanada qulaylik yaratiladi. Portaldagi yangi xizmat orqali fuqarolar emlash jarayoniga yozilishlari va emlangandan so‘ng bu haqdagi ma'lumotnomani ham olishlari mumkin bo‘ladi.

«COVID-19’ga emlashga yozilish va holatni tekshirish» xizmatidan onlayn tarzda foydalanish mumkin.

O‘zbekistonda 1 aprelda koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangandi, so‘nggi bir kunda 28 mingga yaqin kishi vaksina qabul qilgan va shu kunga qadar emlanganlar soni 450 mingdan oshdi.

Mavzuga oid