Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada 24 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Maharashtra shtatida koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sisternadan kislorod sizib chiqishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi.
NDTV telekanalining xabar berishicha, voqea Nashik shahridagi davlat shifoxonasida yuz bergan. U yerda kislorod ta'minoti va o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ulangan 150ga yaqin bemor bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar kislorod ta'minotining izdan chiqishi oqibatida kislorod yetishmasligidan jon berishgan.
Mahalliy hokimiyat vakili Suraj Mandxarning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda bemorlarga kislorod berilishi tiklangan.
Shtatning sog‘liqni saqlash vaziri Rajyesh Top hukumat voqeaning batafsil tergovini o‘tkazishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026