15:17 / 21.04.2021
14232

Putin: «Rossiya endi 4 kun ichida vaksina ishlab chiqishga tayyor turishi lozim»

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 aprel kuni mamlakat Federal majlisiga yillik murojaat yo‘llamoqda

Hisob bo‘yicha 17-murojaatda Rossiya rahbari asosan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik rivoji haqida so‘z yuritmoqda. 

Vladimir Putin aholi sonining barqaror o‘sib borishi bo‘yicha vazifa qo‘ydi.

“Aholi sonining barqaror o‘sib borishi ta'minlanishi kerak, bunda 2030 yilga borib mamlakatda o‘rtacha hayot ko‘rish davomiyligi 78 yoshni tashkil qilishi lozim”, dedi u.

Putinning ma'lum qilishicha, koronavirus ustidan hali to‘laligicha g‘alaba qozonilmagan. “Koronavirus hali to‘laligicha mag‘lub etilgani yo‘q, u to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf bo‘lib qolyapti”, dedi Rossiya prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jahon sog‘liqni saqlash tizimi inqilob yoqasida turibdi. “Jahon sog‘liqni saqlash tizimi haqiqiy inqilob yoqasida turibdi, biz buni o‘tkazib yuborishimiz kerak emas. Rossiya texnologiyalarni ishlab chiqishi lozim, bu bizning vazifa”, dedi u.

Vladimir Putin Rossiya to‘rt kun ichida vaksinalar ishlab chiqishga tayyor bo‘lishi lozimligini ham ma'lum qildi. “Rossiya yangi xavfli infeksiya paydo bo‘ladigan bo‘lsa, to‘rt kun davomida test tizimlari va vaksinalarni ishlab chiqishga tayyor turishi lozim”, deya aytib o‘tdi RF prezidenti.

Bundan tashqari, Federal majlisga murojaatda aytilishicha, mamlakat oliy ta'lim muassasalarida 45 mingta budjet o‘rni yaratiladi. “Rossiya oliy ta'lim muassasalarida yana 45 mingta budjet o‘rni yaratiladi, ularning kamida 70 foizi hududlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi”, deydi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari daromadini rivojlanishga yo‘naltirayotgan kompaniyalarni rag‘batlantirib borishga chaqirdi. “Daromadini dividendlar bo‘yicha to‘lovlarga emas, balki rivojlanishga yo‘naltirayotgan kompaniyalarni rag‘batlantirib boramiz”, dedi u.

Top