Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 3 kunlik komendantlik soati joriy qilinadi
Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni keskin oshib ketgani sababli butun mamlakat bo‘ylab 3 kunga - 23–26 aprel kunlari kun bo‘yi amal qiladigan komendantlik soati kiritilmoqda.
«23 aprel davlat bayrami — Milliy mustaqillik va bolalar kuni bo‘lgani sababli joriy haftada ko‘chaga chiqishga cheklov 22 aprel soat 19dan boshlanib, 26 aprel soat 5da tugaydi», deb ma'lum qilingan xabarda.
3 kunlik komendantlik soati vaqtida Turkiya fuqarolari o‘z uylarini soat 10dan 17gacha faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonaga, shifokor huzuriga borish va itlarini sayr qildirish uchun tark eta oladilar.
Avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Xo‘ja Turkiyada rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etilayotgani sababli mamlakat pandemiya boshidan beri eng murakkab davrni boshdan kechirayotganini aytgandi.
Ayni vaqtda Turkiyaning 81ta viloyatidan 58tasida ish kunlari soat 19dan 5gacha hamda dam olish kunlari juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qilmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026